?zbekiston va Turkiya yetakchilari Ostona shahrida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

13.10.2022 19:10

“Dunyo” AA/. Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  bugun Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da mustahkamlash yuzasidan oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish va yangi ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish, Turkiya yetakchi kompaniyalarining mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonidagi ishtirokiga alohida eʼtibor qaratildi.

Faol gumanitar almashinuvlarni, eng avvalo, madaniyat va taʼlim sohalarida davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Joriy yil noyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Vazirlarning “O‘zbekiston-Turkiya-Ozarbayjon” formatidagi muntazam uchrashuvlari doirasida samarali muloqotni kengaytirishga kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net