YXHT TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHINING YIG?ILISHI TO?G?RISIDA

07.12.2018 12:09

2018-yilning 6-7-dekabr kunlari Milan shahrida (Italiya) Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 25-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

YXHTning amaldagi raisi, Italiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Entso Moavero-Milanezi tomonidan chaqirilgan TIVK ishida YXHTning 57 ta ishtirokchi davlatlari delegatsiyalari hamda hamkorlik bo‘yicha sherik davlatlarning tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi nomidan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan, YXHT hududida hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini o‘z ichiga oluvchi keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar.

YXHT TIVKning 2019-yilda o‘tkaziladigan keyingi majlisi 1-yanvardan tashkilotga raislik qiluvchi Slovakiyada o‘tkaziladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net