YXHT DIIHB DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

09.07.2019 17:23

2019-yilning 9-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov mamlakatimizga Ehityojlarni baholash missiyasiga boshchilik qilib kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (YXHT DIIHB) Saylovlar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Aleksandr Shlik bilan uchrashdi.

 

 

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida YXHT DIIHB delegatsiyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chuqur va har tomonlama yangilanishlar, mamlakat ichki va tashqi siyosatida, inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini ta’minlash borasida, iqtisodiyotning liberallashuvi va hayotning boshqa jabhalarida yuz berayotgan tub o‘zgarishlardan xabardor qilindi. Virtual qabulxonalarning ochilishi orqali xalq va hukumat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatildi.

 Bugun O‘zbekistonning Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga asosan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi asosida rivojlanayotgani e’tirof etildi.

 Hozirda Parlamentning vakolatlari jiddiy ravishda kengaytirilgan. 2019-yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Sayov kodeksi tasdiqlandi. Unga saylov jarayonidagi qator yangi normalar kiritilgan.

 Suhbat yakunida vujudga keladigan masalalar bo‘yicha konstruktiv hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi.

 YXHT DIIHB delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrifi doirasida saylovoldi holatini va 2019-yil dekabr oyida Oliy Majlisga bo‘ladigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini baholashni, Saylovni kuzatish bo‘yicha missiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida takliflar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

 YXHT DIIHB delegatsiyasi 20 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazishi, jumladan Markaziy saylov komissiyasi, Parlament, Oliy sud, vazirlik va idoralarda, siyosiy partiyalarning yetakchilari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda.

 

 

Zafar Yuldashkulov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net