YANGI YIL BILAN!

31.12.2019 12:02

Aziz do‘stlar!

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi jamoasi sizni kirib kelayotgan 2020 yil bilan samimiy tabriklaydi!

 

O‘tayotgan yilda biz bilan hamkorlik qilganingiz, bizning veb-sahifamizdan axborot manbaasi sifatida foydalaningiz, biz bilan do‘st bo‘lganingiz uchun sizga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz, tashakkurimizni izhor etamiz.  

 

Biz O‘zbekistonda va dunyoda ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni tezkor va sifatli ravishda yetkazishga harakat qildik. Jonajon mamlakatimiz yanada rivoj topayotgani, o‘zgarayotgani, xalqaro maydonda munosib o‘ringa ega bo‘lish yo‘lida keng ko‘lamli sa'y-harakatlar qilayotgani haqida ko‘proq o‘quvchilar auditoriyasi bilishi uchun axborot maydonidagi faoliyatimizni yanada faollashtirdik.  

 

2020 yil yanada ko‘proq xushxabarlar olib kelishini, barcha sohalarda yangidan yangi muvaffaqiyatlar va yutuqlar qozonilishini istaymiz, barcha yurtdoshlarimizga baxt-saodat, farovonlik va sihat-salomatlik tilaymiz.

 

Yangi yilda ham sizlar bilan samarali hamkorlik qilishga ishonamiz. Buning uchun o‘z faoliyatimizni kengaytirish va takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz. Biz O‘zbekistonni zamon bilan hamnafas rivojlanayotgani hamda xalqaro hamkorlikning yangi istiqbollari haqida qiziqarli ma'lumotlar berishni o‘z oldimizga asosiy maqsad qilib qo‘yganmiz.

 

Yangi yil bilan!

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net