YANGI O?ZBEKISTONGA MOS SAYLOVNI KUZATAYAPMAN - KLOD LEBLANS

21.12.2019 13:52

TOSHKENT, 21 dekabr. /“Dunyo” AA/. Klod Leblans – fransuz jurnalisti. Fransiyada nashr etiladigan «L'Opinion» gazetasi tahririyatida “Osiyo” bo‘limi mudiri va muharriri bo‘lib ishlaydi.

 

«L'Opinion» gazetasi – fransuz tilida chiqadigan navqiron, ommabop, mustaqil kundalik axborot nashridir.

 

O‘zbek tilida bu nom «Munosabat» degan ma’noni anglatadi. «L'Opinion» gazetasi sahifalarida asosan Yevropa mintaqasi manfaatlariga doir masalalar, xususan, Fransiya biznesi va iqtisodiy hayotining kundalik muammolari liberal qarashlar negizida yoritib boriladi.

 

Klod Leblansning bo‘limi gazeta axborot maydonini Osiyo qit’asi yangiliklari bilan to‘ldirib boradi. Bunda Klodning bir muddat mintaqaning Yaponiya, Xitoy kabi yetakchi mamlakatlarida ishlab kelgani muhim rol o‘ynamoqda.

 

«L'Opinion» gazetasi «Bey medias» kompaniyasiga qarashli bo‘lib, joylarda keng muxbirlik tarmog‘iga ega. Nashrning matbaa va raqamli shakllari bir xil vaqtda – 2013 yildan nashr etila boshlangan. Adadi – 42 000 nusxa. Veb-sayti: www.lopinion.fr.

 

Klod Leblans 21 dekabr kuni Toshkentga keldi. Kuni kecha esa u Buyuk Britaniyaning “The Economist” jurnali tomonidan O‘zbekiston “Yil mamlakati” deya e’lon qilinganidan xabar topdi.

 

Fransuz jurnalisti O‘zbekistonga kelib, so‘nggi yillarda mamlakatda muhim islohotlar amalga oshirilayotgani tufayli “vaziyat yaxshi tomonga o‘zgargan” degan fikrga shaxsan guvoh bo‘ldi. Haqiqatan ham mamlakatda yangi Saylov kodeksiga muvofiq o‘tkazilayotgan saylovga yuqori darajada hozirlik ko‘rilgan.

 

– Eng asosiysi, tashrifim boshidayoq yangi O‘zbekistonga mos saylovni kuzatmoqdaman, – dedi Klod Leblans. – Bu saylov O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va shiddatli islohotlar fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholi farovon turmush kechirishini ta’minlashga qaratilganini namoyon etmoqda.

 

K.Leblans saylovda ovoz berish jarayonini kuzatish uchun 22 dekabr tong saharda Samarqandga yo‘l oladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net