Yangi O?zbekiston - har bir fuqarosi uchun g?amxo?rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat

01.09.2022 10:47

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat tushunilishini alohida ta’kidladi.

Bunda xalq manfaati barcha narsadan ustun darajaga olib chiqildi, «xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan tamoyil ostida barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari o‘z faoliyatlarini olib bormoqda.

Shu jihatdan ham olib qaralganda, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni qonunda belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida har tomonlama va sifatli ko‘rib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 10 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bunda muhim asos bo‘layotganini aytib o‘tish o‘rinli.

Hujjat bilan Ombudsmanga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirishda ishtirok etish topshirildi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi kafolatlarini, shu jumladan, ularning buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish orqali ta’minlash kabi vazifalar ham Ombudsmanga yuklatildi.

Ombudsman yuqoridagi vazifalarni sifatli va to‘laqonli bajarishni ta’minlashda bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, Ombudsman nomiga fuqarolardan 2022 yilning birinchi yarim yilligida 7 ming 199 ta murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar tahlil qilinganda, ularning 13,6 foizi fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga,
32,5 foizi ijtimoiy huquqlariga, 25,0 foizi iqtisodiy huquqlariga, 15,4 foizi siyosiy huquqlariga va 0,8 foizi ekologik huquqlariga oid bo‘ldi. Kelib tushgan murojaatlarning qariyb 30,0 foizi Ombudsman tomonidan nazoratga olindi.

Shu bilan birga, 2022 yilning birinchi yarim yilligida Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga (gauptvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism, majburiy davolash muassasalariga) 156 marotaba (2021 yilning birinchi yarim yilligi davomida 71 marotaba, 2020 yilning birinchi yarim yilligida 41 marotaba) monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Ushbu tashriflarda Ombudsman mas’ul xodimlari va mintaqaviy vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlarining va ommaviy axborot vositalari vakillari, jamoatchilik faollari, inson huquqlarini himoya qilishda va monitoring tashriflarini o‘tkazishda amaliy bilimlarga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining pedagoglari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylardagi shaxslarni saqlash sharoitlari, yashash va ovqatlanish, mehnat qilish hamda tibbiy yordam ko‘rsatish holati, saqlanayotgan shaxslar uchun olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotganligi va boshqalar o‘rganildi.

Tashriflar yuzasidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar, xulosalar va taqdimnomalar mutasaddi vazirlik hamda idoralarga ko‘rib chiqish va choralar ko‘rish uchun yuborildi.

Salohiddin HAMDAMOV,

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mas’ul xodimi

O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net