XORIJDAGI YOSHLAR BILAN ONLAYN VIDEOKONFERENSIYA O’TKAZILDI

24.12.2019 17:34

TOSHKENT, 24 dekabr. /"Dunyo" AA/. O’zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xorijdagi turli kompaniyalarda mehnat qilayotgan yoki oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan o’zbekistonlik yoshlar bilan onlayn videokonferensiya o’tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda Avstriya, Belgiya, Misr, Ispaniya, Latviya, Polsha, Germaniya, Turkiya singari 20 dan ortiq davlatda bo’lib turgan o’zbekistonlik yoshlar ta'lim, diplom nostrifikatsiyasi, ish o’rinlari, konsullik va boshqa masalalar bo’yicha savollar bilan murojaat qildi.

 

O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta'lim, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, "El-yurt umidi" jamg’armasi hamda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasidan taklif etilgan mutaxassislar ularning savollariga javob berdi.

 

Xorijda tahsil olayotgan yigit-qizlar duch kelayotgan dolzarb muammolar tahlil qilinar ekan, “O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasi tomonidan talaba yoshlar uchun chipta narxlarida imtiyozlar taqdim qilish, chet el oliy o’quv yurtlaridan o’z o’qishini O’zbekistondagi universitetlarga ko’chirish istagida bo’lganlar duch kelayotgan byurokratik to’siqlar, fuqarolarimizning mamlakatimiz diplomatik vakolatxonalar bilan hamkorligini faollashtirish masalalari, ayniqsa, tadbir ishtirokchilarining qizg’in muhokamasini tashkil qildi.

 

Onlayn tadbir ishtirokchilari xorijda bo’lib turgan yoshlarning mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishini ta'minlash uchun zarur sharoitlar yaratish bo’yicha o’z takliflarini bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net