XMT BOSH DIREKTORI BILAN UCHRASHUV

14.12.2018 13:19

2018-yilning 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov mamlakatimizga tashrif buyurgan Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi.


Batafsil muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilayotgan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi mamlakatni yangi innovatsion va industrial rivojlanish darajasiga ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘ziga xos “Yo‘l xaritasi” hisoblanadi.

Gay Rayder tomonidan XMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi ikki yilida sezilarli mustahkamlangani va chinakam sheriklikka aylangani alohida qayd etildi. Hozirda tomonlar O‘zbekistonda bolalar mehnati muammosi to‘liq bartaraf etilgani va majburiy mehnatni oldini olish borasida sezilarli muvaffaqiyatga erishilgani to‘g‘risida gapirishlari mumkinligini XMT bosh direktori yana bir bor tasdiqladi.

Ta’kidlanganidek, XMT mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashi va mamlakatimiz bilan ijtimoiy masalalarni hal etishga qaratilgan qator qo‘shma loyihalarda ishtirok etishga O‘zbekiston tomoni katta ahamiyat beradi.

Uchrashuvda muayyan yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi tasdiqlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net