XITOY MUVAQQAT ISHLAR VAKILI BILAN UCHRASHUV

18.07.2019 09:59

TOSHKENT, 18 iyul. /«Dunyo» AA/. TIV Matbuot markazi xabariga ko’ra, 2019-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Xitoy Xalq Respublikasi Muvaqqat ishlar vakili Chjan Venchuan bilan uchrashdi.

 Suhbat chog‘ida davlatlararo munosabatlarning dolzarb masalalari va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 Uchrashuvda tomonlarning ikki tomonlama asosdagi hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro manfaatli O‘zbekiston – Xitoy hamkorligiga sodiqligi tasdiqlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net