XALQARO KUZATUVCHILAR O?ZBEKISTONNING ICHKI VA TASHQI SIYOSATIDAGI USTUVOR YO?NALISHLAR BO?YICHA FIKR ALMASHDI

21.12.2019 13:51

TOSHKENT, 21 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasining bugungi kun ichki va tashqi siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlar” mavzuida «davra suhbati» bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovda xalqaro kuzatuvchi sifatida qatnashish uchun AQSh, Yevropa va Osiyo mamlakatlari hamda MDHga a’zo davlatlardan kelgan 100 dan ortiq tahliliy tuzilmalar, ijtimoiy-siyosiy doiralar vakillari o‘zaro fikr almashdi.

 

Xorijiy ekspertlar O‘zbekistondagi yangilanish jarayoniga yuqori baho berib, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq sa’y-harakatlar o‘ziga xos xususiyatga ega ekani, xususan, uning jamiyat va davlat hayotidagi barcha sohalarni qamrab olganini alohida qayd etdi.

 

 Tojikiston siyosatshunoslar milliy assotsiatsiyasi direktori A.Mamadazimov O‘zbekiston milliy saylov qonunchiligining takomillashtirilishi natijasida fuqarolarning fundamental huquq va erkinliklari ta’minlanishi mustahkamlanganiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, saylov jarayonlarini avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishga qaratilayotgani O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasidir. Endilikda mamlakatda jazoni o‘tash muassasalaridagi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir qilgan mahkumlarga ham saylash huquqidan foydalanish uchun imkon yaratildi.

 

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va demokratlashtirish jarayonlarining “ijobiy to‘lqini” barcha mintaqa davlatlariga tarqalmoqda. A.Mamadazimov, O‘zbekistondagi yangilanish va o‘zgarishlar Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy vakillari tomonidan olqishlanayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Uning fikricha, O‘zbekiston Prezidentining tashabbuslari bugungi kunda Yaponiya imperatorlar saroyida ham e’tirof etilmoqda, bunga yorqin misol – O‘zbekiston rahbarining Yaponiyada yuqori darajada tashkil etilgan tashrifi.

 

Rossiyaning Yevrosiyo tadqiqotlar markazi direktori A.Rusakov O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy islohotlarni e’tirof etib, ular eng avvalo parlamentning hokimiyat tizimidagi o‘rnini mustahkamlashi va partiyalarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

Ekspert fikricha, siyosiy institutlarning mavqeini oshirish bugun MDH hududidagi barcha davlatlar uchun dolzarbligiga qaramasdan, qabul qilinayotgan qarorlar va sa’y-harakatlar sezilarli natijalar ko‘rsatmayapti. Shu tufayli rossiyalik siyosatshunosning fikriga ko‘ra, bugun O‘zbekiston siyosiy islohotlarni amalga oshirishda o‘zining ijobiy tajribasiga asos solishga barcha imkoniyatlarga ega.

 

 Belgiya parlamenti sobiq senatori A.Destekshe o‘tkazilayotgan saylov jarayonlariga yuqori baho berib, tubdan yangilanayotgan O‘zbekistonning muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tdi. Bunda u, ayniqsa, iqtisodiyotning liberallashtirilayotgani va biznes doiralar uchun O‘zbekistonning jozibadorligi oshayotgani, mamlakat mintaqada o‘zaro hurmat va tushunishga asoslangan yangi siyosiy muhitning shakllanishida yetakchi “markazga” aylanayotgani, dunyoning yetakchi davlatlari bilan munosabatda samarador tashqi siyosatni olib borilayotgani, so‘z erkinligi va qonun ustuvorligida namoyon bo‘layotgan tamoman yangi siyosiy muhit shakllanganiga alohida e’tibor qaratdi.

 

 

 

 Hindiston xalqaro munosabatlar kengashi yetakchi ilmiy xodimi A.Zafarning ta’kidlashicha, bugun O‘zbekiston siyosiy tizimini demokratlashtirish jarayonlaridagi salmoqli o‘zgarishlar va amaliy natijalar yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Qisqa fursatda mamlakat siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida qator yirik islohotlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlayotgan va siyosiy jarayonlarning kun tartibini belgilashda faol ishtirok etayotgan saylovchilarning kayfiyatida o‘zgacha sezilmoqda.

 

 

 

 MDH Ijro qo‘mitasi axborot-tahlil departamenti direktori A.Zavarzin fikricha,O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalari Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalari bo‘yicha chuqur bilim va yuksak malakaga ega ekanidan dalolat beradi. O‘zbekiston xalqi va hukumati qisqa vaqt mobaynida dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinayotgan haqiqiy demokratik yo‘lni bosib o‘tdi.

 

 

 

 Pokiston global strategik tadqiqotlar markazi direktori X.Taymur, O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini alohida e’tirof etib, so‘nggi uch yilda olib borilgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat bir davlat miqyosida rivojlanishni balki butun mintaqa rivojlanishini nazarda tutuvchi ushbu islohotlar bugun dunyoda O‘zbekistonning yangi iqtisodiy modeli sifatida e’tibor qozonmoqda. Pokiston vakili O‘zbekiston Prezidentining qisqa vaqt davomida Markaziy Osiyoda uzoq muddatga asoslangan rivojlanish tizimini shakllantira olganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

X.Taymur rasmiy Islomobod O‘zbekistonning xalqaro maydondagi barcha tashabbuslari, jumladan, Afg‘oniston yo‘nalishidagi takliflarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Ekspert Afg‘oniston bo‘yicha Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning katta yutug‘i ekani va uning Afg‘oniston muammolarini hal etishga qaratilgan siyosiy muzokaralarning boshlanishida o‘ta muhim turtki bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ekspert O‘zbekistonning mintaqalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini muhim, deb hisoblaydi. Shu munosabat bilan u O‘zbekistonning “Mozori-Sharif – Hirot” temir yo‘lini qurish bo‘yicha tashabbusiga Pokiston katta qiziqish bildirayotganini aytdi.

 

 Misrning “Xivar” siyosiy va axborot tadqiqotlar markazi direktori A.Taxir fikricha, bugun O‘zbekiston Prezident rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar yaqin kelajakda siyosiy va iqtisodiy sohalarda kutilgan ijobiy natijani berishi shubhasiz. Misr vakilining ta’kidlashicha, bugun arab dunyosida O‘zbekistonga nisbatan qiziqish tobora ortmoqda. Ekspert mamlakatimiz turizm salohiyatiga alohida to‘xtalib, O‘zbekiston o‘zining muqaddas qadamjolari tufayli misrliklar uchun Markaziy Osiyodagi eng ko‘p tashrif buyuradigan markazga aylanishi mumkinligini aytdi.

 

 

 

 Belarus davlat universitetining xalqaro munosabatlar fakulteti dekani V.Shadurskiy O‘zbekistonning mintaqaviy siyosatiga baho berib, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan intilish O‘zbekiston rahbariyatining strategik qarashlarga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Uning fikricha, qo‘shni davlatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatlarga asoslangan munosabatlarning samaradorligi yuqori bo‘ladi, aksincha geografik nuqtai-nazardan yaqin davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik va nizolar tiklab bo‘lmas zarar keltirib chiqaradi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda tayyorlangan 2017-2019 yillarda inson fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijalari sharhi taqdimoti o‘tkazildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net