VETNAM ELCHISI BILAN UCHRASHUV

21.12.2018 12:51

2018-yilning 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda o‘zining diplomatik missiyasini yakunlayotgan Vetnam Sotsialistik Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Fam Van Faoni qabul qildi.

Suhbatda O‘zbekiston – Vetnam muloqotini izchil mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasida fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, hozirda ikki tomonlama munosabatlarning holatini siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi umumiy ijobiy o‘sish sur’atlari bilan ifodalasa bo‘ladi.

Bugungi kunda Vetnamning turli tuzilma va sohalarida mas’uliyatli lavozimlarni egallab turgan O‘zbekiston ta’lim muassasalarini 3000 dan ortiq vetnamlik bitiruvchilari mamlakatlarimizni bog‘lab turuvchi muhim faktor hisoblanadi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Vetnam hamkorligini yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat va ularni amalga oshirish uchun qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.

Vazir Elchiga so‘nggi to‘rt yil davomida O‘zbekiston bilan Vyetnam o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi faol sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Fam Van Fao, o‘z navbatida, o‘zining O‘zbekistondagi missiyasini muvaffaqiyatli bajarishida yaratib berilgan qulay sharoitlar uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net