VENESUELA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

04.06.2019 11:20

2019-yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Venesuela Bolivar Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehron shahrida) Karlos Alkala Kordonesni qabul qildi.

 

 

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan Vazir Elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Venesuela munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish, avvalambor, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Anvar Ilyosov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net