VASHINGTONDA OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIGA SAYLOVDA OVOZ BERISH BOSHLANADI

22.12.2019 14:06

VASHINGTON, 22 dekabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida tashkil etilgan 12-saylov uchastkasida mahalliy vaqt bilan soat 8.00 va Toshkent vaqti bilan soat 18.00da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda ovoz berish boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan AQSh poytaxtidagi saylov uchastkasi Toshkent shahridagi 150-Shayxontohur saylov okrugiga biriktirilgan.

 

Respublikamizning AQShda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan fuqarolari diplomatik vakolatxona binosida mahalliy vaqt bilan soat 20.00 ga qadar ovoz berishi mumkin.

 

Saylovda 300 dan ortiq yurtdoshimiz ishtirok etishi kutilmoqda, ular uchun saylov uchastkasida barcha zarur sharoit yaratilgan. Saylov O‘zbekiston Respublikasining yangi Saylov kodeksiga muvofiq o‘tkazilmoqda.

 

12-18 dekabr kunlari Amerikaning Vashington, Orlando va Atlanta shaharlari, shuningdek, Torontoda (Kanada) bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida respublikamizning 250 dan ortiq fuqarosi qatnashdi.

 

Amerika Qo‘shma Shtatlarida ikkita saylov uchastkasi, ya’ni mamlakatimizning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasida ochilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net