TURKMANISTON TIV RAHBARI BILAN UCHRASHUV

05.04.2019 10:35

2019-yil 4-aprel kuni MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK) yig‘ilishida ishtirok etish uchun Moskva shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan holda bu boradagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. 2018-yilda o‘zaro tovar aylanmasi hajmi 302 mln. AQSh dollaridan oshib, avvalgi yilning shu ko‘rsatgichiga nisbatan deyarli 70% ko‘proqni tashkil etdi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi borasida fikr almashish chog‘ida Turkmanistonning 2019-yilda MDHga raisligi doirasida hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net