TURKIYADA MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH JARAYONI DAVOM ETMOQDA

15.12.2019 12:01

ANKARA, 15 dekabr. /“Dunyo” AA/. O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14- va 16-moddalariga muvofiq Markaziy saylov komissiyasining 2019 yil 26 noyabrdagi qarori bilan xorijdagi fuqarolarimiz uchun saylovga oid qo’shimcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, 22 dekabr kuni Oliy Majlisga saylovida ishtirok etishga imkoni yo’qlar uchun muddatidan oldin ovoz berish imkoniyati shakllantirildi.

 

O’zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi qoshida tuzilgan 3-saylov uchastkasi qarori bilan fuqarolarimizning murojaatlariga asosan elchixonaning konsullik bo’limi binosida 12-18 dekabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Turkiya hududlaridan kelgan o’zbek fuqarolari konsullik bo’limida yaratilgan sharoitlardan foydalanib, muddatidan oldin ovoz berish jarayonida qatnashmoqda.

 

Xuddi shunday jarayon Turkiyaning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonamiz binosida ham tashkil etilgan.

 

Bundan tashqari fuqarolarimiz jips yashashi kuzatilayotgan Turkiyaning qator hududlarida ham muddatidan oldin ovoz berish joylari tashkil etilgan. Xususan, 13-14 dekabr kunlari mana shunday jarayon Turkiyaning Karabyuk shahrida tashkil etildi.

 

14-15 dekabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish Kastamonu shahrida bo’lib o’tmoqda.

 

Navbatdagi muddatidan oldin ovoz berish jarayoni Konya, Karaman, Bursa kabi shaharlarida tashkil etiladi.

 

“Yangi O’zbekiston - yangi saylovlar” shiori ostida o’tayotgan elektoral jarayonda xorijdagi fuqarolarimiz faol ishtirok etmoqda. O’z saylov huquqlarini amalga oshirishi uchun yaratilgan sharoitdan foydalanmoqda. Beshta partiyadan ilgari surilgan nomzodlarning siyosiy dasturlari va shaxslariga oid ma'lumotlar, yashirin ovoz berish joyi, saylov qonunchiligiga doir axborot hamda saylovchi ehtiyoj tuyishi mumkin bo’lgan boshqa talablarga javob berish bo’yicha kerakli chora-tadbirlar elchixona tomonidan ko’rilgan.

 

Turkiya muassasalari mas'ul xodimlari O’zbekiston Oliy Majlisiga deputatlarni saylashda mazkur mamlakatdagi fuqarolarimiz uchun kerakli sharoitni yaratishda elchixonamiz bilan yaqin hamkorlik qilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net