TURKIYADA BO’LIB TURGAN O’ZBEKISTONLIKLAR MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH JARAYONIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

17.12.2019 09:57

ANKARA, 17 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi qoshida tuzilgan 3-saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Xususan, bugun Turkiyaning Konya va Bursa shaharlarida saylovlarga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil etildi. Unda mazkur shaharda vaqtincha yashab turgan fuqarolarimiz, o’zbeksitonlik talabalar faol ovoz berdi.

 

Fuqarolarimiz ko’pchilik bo’lib yashayotgan boshqa shaharlarda ham muddatidan oldin ovoz berish joylari tashkil etilgan. Xususan, 3-saylov uchastkasi a'zolarining navbatdagi sayyor tadbiri Karaman shahrida bo’lib o’tadi. Diplomatik vakolatxonamiz tomonidan saylovchilarga partiyalar nomzodlarining siyosiy dasturlariga oid ma'lumotlar, yashirin ovoz berish joyi, saylov qonunchiligi hamda ovoz berish jarayonida zarur bo’lgan boshqa talablar bo’yicha axborot berildi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini saylashda mahalliy mas'ul xodimlar o’zbekistonlik saylovchilarga kerakli sharoitni yaratishda elchixonamiz bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

 

Aytish joizki, xorijdagi fuqarolarimiz o’z konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishi uchun joylarda barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net