TURKIYA TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI O’ZBEKISTONDA BO’LIB O’TGAN PARLAMENT SAYLOVI HAQIDA BAYONOT BERDI

25.12.2019 14:41

ANKARA, 25 dekabr. /"Dunyo" AA/. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O’zbekistonda 22 dekabr kuni bo’lib o’tgan parlament saylovi natijalari haqida bayonot berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

“Biz qardosh O’zbekiston xalqining saylov jarayonida o’z xohish-irodasini bildirish uchun faol ishtirok etgani, 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy kengashlarga saylovlar muvaffaqiyatli o’tganini mamnuniyat bilan ta'kidlaymiz.

 

Parlament saylovida 13,5 milliondan ortiq saylovchining ishtirok etgani, bu mamlakat fuqarolarining 71,1 foizini tashkil etgani va saylov osoyishta sharoitda o’tgani O’zbekistonda demokratlashtirish jarayoni izchil rivojlanib borayotganidan dalolatdir.

 

O’zbekiston rasmiy idoralarining saylovni xalqaro kuzatuvchilar, shu jumladan mamlakatimiz vakillari bilan yaqin hamkorlikda mahalliy qonunchilik va xalqaro standartlarga muvofiq tarzda ochiq va oshkora ravishda tashkil etishdagi professionalligini qayd etish, ayniqsa, quvonchlidir. Bunday sa'y-harakatlarni davom ettirish O’zbekistonni kuchaytiradi va mamlakatni yanada qudratli qiladi.

 

Mamlakatimiz bundan buyon ham strategik sherik, qardosh O’zbekiston barcha sohalarda amalga oshirayotgan keng qamrovli o’zgarish va yangilanishlarni samimiy qo’llab-quvvatlaydi", - deyiladi bayonotda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net