TURKIYA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI O?ZBEKISTON PARLAMENTIDAGI O?ZGARISHLAR HAQIDA

20.01.2020 16:17

ANQARA, 20 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislaridagi ishtiroki va ulardagi nutqlari xorijiy davlatlar rasmiy, akademik va ishbilarmon doiralarida katta qiziqish uyg‘otdi, ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari, jumladan, Anatoliya axborot agentligi va TRT teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yangi saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yig‘ilishidagi ishtiroki va nutqiga bag‘ishlangan tezkor xabarlarni tarqatdi.

Davlatimiz rahbarining xalq vakillariga murojaat qilib, “Sizlar tarixiy davrda tarixiy deputatlar bo‘lib saylandilaringiz. Bunga har kuni, har daqiqa munosib bo‘lishingiz, xalqchil qonunlar qabul qilib, aholi farovonligi oshishiga munosib hissa qo‘shishingiz kerak”, degan so‘zlari xorijiy OAV diqqat markazida bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat siyosiy tizimining rivojlantirishga doir muhim ko‘rsatmalar berdi, parlament va hukumatning xalq manfaatlarini izchil ta'minlash uchun yangicha ish uslubida faoliyat olib borishga chaqirdi, deyiladi xabarlarda.

Turkiyalik kuzatuvchilarning fikricha, davlat rahbarining bu boradagi jonkuyarligi tahsinga loyiq. Xabarlarda, shuningdek, Prezident tomonidan belgilab berilgan yo‘nalishlar O‘zbekiston uchun yangi ekani va “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida o‘tgan saylov natijalari mamlakatdagi siyosiy islohotlarga muhim turtki berishi ta'kidlab o‘tilgan. Parlament va hukumat oldiga qo‘yilgan aniq vazifalar davlat boshqaruv organlari zimmasiga yangi mas'uliyat yuklashi va ularni mamlakat ravnaqi uchun yanada faol va izchil ish uslublarini ishlab chiqishga undashi e'tirof etilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net