Toshkentda O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi 2024-yilga mo'ljallangan turli shakllardagi qo'shma kun tartibini muhokama qildi

16.01.2024 14:08

 /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Bugun Tashqi ishlar vazirligida Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, barqaror taraqqiyot bo'yicha hamkorlik qilish, xalq diplomatiyasini rivojlantirishga ko'maklashish, shuningdek, 2024-yilga mo'ljallangan O'zbekiston – Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi shakllarida qo'shma kun tartibini muhokama qildik».

"Dunyo" AA olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net