TOSHKENTDA O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI VA SENATINING QO?SHMA MAJLISI BOSHLANDI

21.01.2020 13:59

TOShKENT, 21 yanvar. /“Dunyo” AA/. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Majlisda Vazirlar Mahkamasi a'zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mahalliy hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri Nurdinjon Ismoilov raislik qilmoqda.

Qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ma'ruza qilmoqda. Davlatimiz rahbari ma'ruzasida yangi parlament a'zolari oldida turgan vazifalar bo‘yicha qarashlar, fikr, mulohaza va tavsiyalar bayon qilingan.

Tadbir doirasida Oliy Majlisga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod taqdim etilishi kutilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net