TOSHKENTDA O?ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI SPIKERINING O?RINBOSARLARI SAYLANDI

20.01.2020 15:10

TOSHKENT, 20 yanvar. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahrida yangi tarkibdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi davom etmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq, Siyosiy partiyalar vakillari kengashi taklifiga binoan deputatlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan Nurdinjon Ismoilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladi.

 

Shundan so‘ng majlisga raislik qilish vakolati Spikerga o‘tdi. Nurdinjon Ismoilov majlis kotibiyatiga kelib tushgan, 5 ta siyosiy partiya fraksiyasi rahbarlari tomonidan fraksiyalar tuzilganligi to‘g‘risidagi ta’sis bayonnomalarini o‘qib eshittirdi. Shunga asosan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari ro‘yxatga olindi.

 

Deputatlar Qonunchilik palatasi Spikerining yangi ta’sis etilgan birinchi o‘rinbosari lavozimiga deputat Akmal Saidovni, Spikerining o‘rinbosarlari lavozimlariga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Narimon Umarov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov va O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Boriy Alixonovni sayladi.

 

Majlis davom etmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net