Toshkent shahrida O'zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlarining muzokaralari bo'lib o'tdi

06.02.2024 03:23

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif buyurgan Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Tashqi ishlar vazirligida hamkasbim, Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik janoblari bilan uchrashishdan mamnun bo'ldik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – O'zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari bo'lajak oliy darajadagi muzokaralarni samarali o'tkazish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etmoqda. 2024-yil kun tartibi qator tadbirlardan iborat. Biz hamkorlikning kengayib borayotgan kun tartibini ko'plab sezilarli natijalar bilan boyitishga tayyormiz".

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net