TOSHKENT SHAHRIDA O’TKAZILGAN MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI RAHBARLARI MASLAHAT UCHRASHUVINING YAKUNIY HUJJATI BMT BOSH ASSAMBLEYASINING RASMIY HUJJATI SIFATIDA TARQATILDI

16.12.2019 09:35

2019 yil 29 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi o’tkazilib, uning yakunida Qo’shma bayonot qabul qilindi hamda mintaqa mamlakatlari maslahat sammitlarini tayyorlash va o’tkazish tartibi ma'qullandi.

Qo’shma bayonot matni BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi. Toshkent shahrida o’tkazilgan Maslahat uchrashuviga doir axborot tashkilotning olti rasmiy tili - ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida chop etildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvlarini muntazam o’tkazish mexanizmiga oid tashabbus bilan chiqqan edi. Mazkur tashabbus mintaqaning barcha mamlakatlari tomonidan qo’llab-quvvatlandi.

 

Toshkentda Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog’iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, davlatlar o’rtasidagi savdo to’siqlarini olib tashlash, infratuzilmani modernizatsiyalash va transchegaraviy imkoniyatlarni kengaytirishga yo’naltirilgan yirik loyihalarni qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq qator masalalarni muhokama qildi. Markaziy Osiyo barqarorlik va izchil taraqqiyot, yaxshi qo’shnichilik, xavfsizlik va farovonlik mintaqasi bo’lishi kerakligi yuzasidan umumiy manfaaatdorlik izhor etildi.

 

Besh mamlakat rahbarlari xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham o’zaro fikr almashdi.

 

Uchrashuvda bugun mintaqamizda tom ma'nodagi yangi siyosiy muhit shakllangani, o’zaro ishonch darajasi sezilarli oshgani hamda hamkorlik va gumanitar aloqalar faollashgani qayd etildi. Markaziy Osiyo - dunyoning asrlar davomida qardosh xalqlar tinch-totuv va hamjihatlikda yashab kelayotgan kam sonli mintaqalaridan biridir. Shu nuqtai nazardan, davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi formatidagi har yili o’tkaziladigan sammitlari o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va uni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega.

 

Navbatdagi uchrashuv 2020 yil Qirg’izistonda o’tkaziladi.

 

«Dunyo» AA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net