TIVda Italiya bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va taʼlim sohalardagi hamkorlikni yana-da jadallashtirish masalalari muhokama qilindi

12.10.2022 17:59

“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Italiya elchisi Agostino Pinna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, joriy yil 25 sentyabr kuni Italiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari va yangi Italiya hukumatini shakllantirish jarayoni yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar Savdo-iqtisodiy, sanoat hamkorligi va eksport kreditlari bo‘yicha hukumatlararo ishchi guruhining 7-yig‘ilishini yaqin kelajakda Toshkent shahrida tashkil etish yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari, tomonlar O‘zbekiston va Italiyada italyan hamda o‘zbek tili va madaniyatiga o‘zaro qiziqish kuchayib borayotganini yuqori baholadilar.

Shu nuqtai nazardan, 2023 yilda O‘zbekiston va Italiyaning yetakchi universitetlari rektorlarining yillik forumini tashkil etish, «raqamli iqtisodiyot», muhandislik, sanoat dizayni, agrosanoat va turizm sohalarida mutaxassislarni birgalikda tayyorlash masalasini o‘rganishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha kelgusi yilning birinchi yarmida Tashqi ishlar vazirliklariaro siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish sanalarini ishlab chiqish, shuningdek, yaqin kelajakda madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net