TASHQI ISHLAR VAZIRLIGINING NAMANGAN VILOYATIDAGI YIG?ILISHI

27.04.2019 14:52

2019-yilning 26-aprel kuni Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov va Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alisher Abdualiyev Namangan viloyati hokimligida TIV rahbariyatining tashqi yig‘ilishini o‘tkazdilar.

Yig‘ilishda ishtirok etish uchun Namangan viloyatiga ushbu mintaqaga biriktirilgan O‘zbekistonning Avstriya, BAA, Belgiya, Buyuk Britaniya, Eron, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Koreya Respublikasi, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Polsha, Rossiya, Singapur, Turkiya va boshqa davlatlardagi elchilari keldlar.

Viloyat hokimi Hayrulla Bozorov, tegishli vazirliklar va idoralarning mintaqadagi boshqarmalari vakillari ishtirokidagi tadbirda diplomatik vakolatxonalar ko‘magida ishlab chiqilgan va Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga so‘nggi tashrifi davomida taqdim etilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Amaliy yig‘ilish davomida TIVning ushbu mintaqa bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan 48 ta investitsion loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish masalalari, shuningdek, viloyatning turli tumanlarida tadbiq etish uchun taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birgalikda, Namangan viloyati hokimligida Hindiston, Italiya, Ozarbayjon, Pokiston, Rossiya, Tayland va Turkiyadan kelgan xorijiy investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net