TASHQI ISHLAR VAZIRLIGIDA 2020 YILNING DOLZARB VAZIFALARI MUHOKAMA QILINDI

08.01.2020 10:54

TOShKENT, 8 yanvar. /“Dunyo” AA/. 7 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov vazirlik hay’ati yig‘ilishini o‘tkazdi. Vazir o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlari qatnashgan tadbirda 2019 yildagi faoliyati yakunlari va yangi yildagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri vazirlik matbuot xizmati ma’lumotiga tayangan holda.

Tashqi siyosat rahbari Instagramdagi sahifasida qayd etishicha, ziddiyatli va tez o‘zgaruvchan global jarayonlar, dunyo iqtisodiyotidagi yangi tahdidlar va mintaqadagi murakkab vaziyatga qaramasdan belgilangan islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirish, mamlakatimizni modernizatsiyalash va xalqimiz farovonligini yanada oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratish lozim.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net