Tanzila Norboyeva: Parlamentlararo Ittifoq tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga munosib hissa qo?shmoqda

08.09.2022 14:02

Toshkentdagi Xalqaro kongress xollda Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti davom etmoqda.

Unda BMT, Parlamentlararo Ittifoq va unga a’zo mamlakatlar parlamentlari palatalarining ayol-spikerlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, 17 davlatdan 120 dan ortiq parlament vakillari ishtirok etmoqda. 
 
Sammitni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda birinchi bor o‘tkazilayotgan Butunjahon parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammitining barcha ishtirokchilarini qutladi. 
 
– Davramizda Parlamentlararo Ittifoq raisi Duarte Pacheko Janobi Oliylarini hamda ushbu tashkilot Bosh kotibi Martin Chungong Janobi Oliylarini ko‘rib turganimdan xursandman, – dedi Tanzila Norboyeva. – Ularga sammitni tinchlik va do‘stlik shahri – Toshkentda o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun alohida minnatdorlik bildiraman. Bu qaror mamlakatimizda Prezidentimizning siyosiy irodasi tufayli parlamentarizmni rivojlantirish, gender tenglikni ta’minlash hamda jamiyatni demokratlashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ularning amaliy natijalari jahon hamjamiyati tomonidan munosib e’tirof etilayotganiga yorqin misol bo‘la oladi. 
 
Hozirgi zamonda parlamentarizm tobora rivoj topayotgan davrda dunyodagi nufuzli tashkilotlardan biri hisoblangan Parlamentlararo Ittifoq dunyoda demokratik jarayonlarning rivojlanishiga, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgani ta’kidlandi. 
 
Ushbu xalqaro tuzilma xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish, gender tenglikni ta’minlash hamda milliy parlamentlarning mamlakatlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashdagi o‘rnini mustahkamlash hamda bu yo‘lda yanada kuchli, inklyuziv bo‘lishiga xizmat qilmoqda. 
 
Parlamentlararo Ittifoqning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan strategik rejasini amalga oshirish natijasida so‘nggi 5 yil ichida dunyoda ayol-parlamentariylar soni 23,4 foizdan 26 foizga o‘sdi. 


 
Norgul Abduraimova, O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net