SLOVENIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

11.06.2019 15:53

2019-yilning 11-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Sloveniya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Branko Rakovetsni qabul qildi.

 

 

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan Vazir Elchini yuqori va mas’uliyatli vazifaga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi.

 Muloqot chog‘ida o‘zaro manfaat kasb etadigan barcha sohalarda munosabatlarni kengaytirish va mustahkamlashga ikki tomon ham qiziqish bildirdi.

 Tomonlar 2019-yilning may oyida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyoti tilkanganini qo‘llab-quvvatladilar. Ushbu tadbir hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va ularga e’tibor qaratishga imkon beradi.

 Ta’kidlanganidek, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

 Suhbat davomida xalqaro siyosatning ba’zi masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net