SHAVKAT MIRZIYOYEV: SENAT KENGASHI VA QO?MITALARINING SAYYOR MAJLISLARINI O?TKAZISH ZARUR

20.01.2020 16:28

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida parlament yuqori palatasi ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida muhim dasturlar qabul qilinib, shu asosda katta ishlar amalga oshirilayotgani, parlamentning yuqori palatasi a’zolari ham bu borada tashabbus va aniq takliflar kiritishi zarurligi ta’kidlandi.

– Senatning har bir qo‘mitasi o‘z faoliyat rejasini hududiy muammolardan kelib chiqib shakllantirishi lozim. O‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish zarur. Bu amaliyot aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish imkonini beradi, – dedi Prezident.

 

 

 

 

 

 

Davlat byudjeti loyihasini ko‘rib chiqish va uning ijrosi ustidan parlament nazoratini o‘rnatish, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda hokimlarning yurtimizdagi keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha hisobоtlarini muntazam muhokama qilib borish, yoshlar va ta’lim masalalari senatorlarning doimiy e’tiborida bo‘lishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Shuningdek, Oliy Majlisning yuqori palatasi mamlakatimizda korrupsiyaga va jinoyatchilikka qarshi keskin kurashish muhitini yaratish hamda huquqbuzarlikning barvaqt oldini olishda, davlat idoralarining jamiyatda xotin-qizlar rolini oshirish borasidagi ishlari ustidan nazoratni kuchaytirishda faol bo‘lishi kerakligi aytib o‘tildi.

O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini yuksaltirish, xalqaro aloqalarini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun zamin yaratish ham muhimligi ta’kidlandi.

 

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net