SHAVKAT MIRZIYOYEV: O?ZBEKISTONDA INFLYASIYA 5 FOIZGACHA KAMAYTIRILISHI KERAK

21.01.2020 14:01

TOShKENT, 21 yanvar. /“Dunyo” AA/. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda chiqish qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘nggi uch yilda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ustuvor yo‘nalishlarni yanada rivojlantirish uchun o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan 30 dan ziyod konsepsiya va strategiya qabul qilinganiga to‘xtalib o‘tdi.

– Biz uzoq yillar katta-katta raqamlarga mahliyo bo‘lib yurdik. Lekin bu raqamlar xalqimizga manfaat keltirmadi. Shu bois asosiy maqsadimiz aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni oshirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va buni odamlar hayotida, dasturxonida sezadigan qilish. O‘tgan yillarda birinchi qadamlar qo‘ydik. Lekin hali ko‘zlangan natijalarga erishganimiz yo‘q. Biron bir sohani mukammal deb ayta olmaymiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Hukumat zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘liq uddalayapti, deyishga hali erta ekani, xalq ko‘proq va aniq natijalar kutayotgani qayd etildi. 

– Joylarda juda ko‘plab muammo va masalalar o‘z yechimini topishi zarur. Odamlarimizning talab va ehtiyojlari kun sayin o‘sib bormoqda, – dedi davlatimiz rahbari. – Shuning uchun, yangi hukumatning barcha a'zolaridan o‘zi mas'ul va javobgar bo‘lgan sohalarga tanqidiy yondashib, kelgusidagi ishlarni ortig‘i bilan bajarish, xalqimiz va parlamentga berilgan va'dalar ustidan to‘liq chiqish talab etiladi. Bir so‘z bilan aytganda, amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini ro‘yobga chiqarish hukumatning har bir a'zosi faoliyatini baholashning asosiy mezoni bo‘ladi. 

Qayd etilganidek, kelgusi besh yil uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni ta'minlash, soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish, sanoat tarmoqlari, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, uy-joy va kommunal sohalarni rivojlantirish borasida katta marralar belgilab olingan. 

Oxirgi ikki yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 44 mlrd. dollardan 58 mlrd. dollarga o‘sgan. Majlisda bu ko‘rsatkichni ikki barobar oshirib, 100 mlrd. dollarga yetkazish, inflyasiya darajasini 5 foizgacha kamaytirish, ishlab chiqarilayotgan iste'mol mahsulotlari hajmini ko‘paytirish hukumat, Markaziy bank va barcha darajadagi hokimlarning umumiy vazifasi bo‘lishi kerakligi ta'kidlandi.  

Majlis davom etmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net