SHAVKAT MIRZIYOYEV BOSH VAZIR LAVOZIMIGA ABDULLA ARIPOV NOMZODINI TAQDIM ETDI

21.01.2020 14:03

TOShKENT, 21 yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida doirasida Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taqdim etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Konstitusiyaning 98-moddasiga muvofiq, Bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki bir xil o‘rin olgan partiyalar tomonidan taklif etiladi.

 

Shu munosabat bilan, Bosh vazir lavozimiga nomzod Qonunchilik palatasida eng ko‘p – 53 o‘rinni olgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ilgari surildi.

 

Ayni paytda A.Aripov Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq muddatga mo‘ljallangan harakatlar rejasini taqdim etmoqda.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi davom etmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net