SERGEY LAVROV TOSHKENTGA KELDI

15.01.2020 10:14

TOShKENT, 15 yanvar. /“Dunyo” AA/. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekiston poytaxtiga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

 

 

Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda uni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov va boshqa rasmiy kishilar kutib oldi.

 

 

 

Sergey Lavrov O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tadigan ikki tomonlama muzokaralarda ishtirok etishi, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)ning Toshkent shahridagi filialiga tashrif buyurishi kutilmoqda.

 

 

 

 

 

Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida o‘zaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.

 

Surat: Anvar Ilyasov

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net