2018-yilning 26-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Rossiya kun tartibining hamda Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlari norasmiy uchrashuvining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.