Qozog?iston Prezidenti 21-22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan O?zbekistonda bo?ladi

19.12.2022 18:09

/“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev joriy yil 21-22 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Sammit kun tartibidan O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surish, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, faol hududlararo va madaniy-gumanitar almashuvlarni davom ettirish kabi asosiy masalalar o‘rin olgan.

Davlat rahbarlari bir qator yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishi rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvlar yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

 

“Dunyo” AA arxividan olingan surat.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net