QOZOG?ISTON ELCHISI BILAN UCHRASHUV

29.03.2019 11:18

2019-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Darxan Satibaldini qabul qildi.

Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni yuqori mansabga tayinlangani bilan samimiy tabrikladi va mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida unga muvaffaqiyatlar tiladi

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev poydevor qo‘ygan Qozog‘istondagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga O‘zbekistonda hurmat bilan qaraladi.

Uchrashuvda turli darajadagi ikki tomonlama aloqalar jadvali va kun tartibi, shuningdek, O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Anvar Ilyosov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net