PREZIDENT YANGI KORXONALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGI VA EKOLOGIK TOZALIGIGA ALOHIDA E'TIBOR QARATDI

28.12.2019 10:01

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida barpo etilayotgan yangi korxonalar qurilishini borib ko‘rdi. 

 

“Navoiyazot” AJ qariyb 9 ming ishchi-muhandis mehnat qiladigan, 70 dan ortiq noyob mahsulot ishlab chiqaradigan ulkan korxonadir. Uni modernizasiya qilish, quvvatini kengaytirish maqsadida uchta yirik investision loyiha rejalashtirilgan edi.  

 

 

 

Davlatimiz rahbari shulardan ikkitasi – ammiak va karbamid hamda azot kislotasi ishlab chiqarish korxonalari qurilishini ko‘zdan kechirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Birinchi loyihaning umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo‘lib, uning samarasida yiliga 660 ming tonna ammiak va 580 ming tonnadan ziyod karbamid olish imkoniyati yaratiladi. 500 ga yaqin ish o‘rni paydo bo‘ladi. Korxonani kelgusi yili ishga tushirish, yiliga 136 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. 

 

Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» va «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda qurilayotgan yangi korxonada zamonaviy texnologiyalar qo‘llanishi evaziga yiliga 735 million kilovatt-soat elektr energiyasi tejaladi, atmosferaga chiqadigan karbonat angidrid gazlari miqdori ham kamayadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Prezidentimiz korxonaning ishchi va muhandislari bilan suhbatlashdi. Bunday ishlab chiqarish quvvatlari mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun muhimligini, yuqori samaradorligi bilan ko‘plab tarmoqlarga, xalqimizga katta manfaat keltirishini ta'kidladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

«Navoiyazot»da qurilayotgan yana bir yirik korxona – Azot kislotasi ishlab chiqarish majmuasidir. Umumiy qiymati 217 million dollarga teng ushbu ob'ekt Shveysariyaning “CASALE SA” kompaniyasi bilan hamkorlikda bunyod etilmoqda.  

 

Bu korxona yiliga 500 ming tonna mahsulot tayyorlash quvvatiga ega bo‘ladi. Hozirgi kunda uskuna va jihozlar o‘rnatilib, qurilish-montaj ishlari yakunlanmoqda. Uni 2020 yil fevral' oyida ishga tushirib, mart oyida birinchi mahsulot chiqarilishi rejalashtirilgan. 

 

Shu tariqa 55 yil oldin qurilgan, har tomonlama eskirgan azot kislotasi sexlari foydalanishdan chiqariladi. Eng muhimi, 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun elektr energiyasi sarfi 18 barobar kamayadi, havoni ifloslantiradigan 150 ming tonna miqdoridagi gazlar tutib qolinadi.

 

Davlatimiz rahbari bu omil Navoiy viloyati ekologiyasi, havo musaffoligi, aholi salomatligi uchun g‘oyat muhimligini alohida ta'kidladi.

 

Aytish joiz, dunyoda bu turdagi zavodlar faqat ikki davlatda – Fransiya va Chexiyada mavjud, “Navoiyazot”da barpo etilayotgani uchinchisi hisoblanadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net