PREZIDENT AICHI PREFEKTURASI GUBERNATORI BILAN UCHRASHDI

18.12.2019 09:58

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi dasturi 18 dekabr kuni tongda Aichi prefekturasi gubernatori Xideki Omura bilan uchrashuvdan boshlandi.

Mamlakatimiz va Aichi prefekturasi o‘rtasida ta’lim va madaniyat sohasidagi samarali muloqotlar yo‘lga qo‘yilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

 

 

 

 

 

Innovatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va qo‘shma agroklasterlar tashkil etish, turizm, akademik almashinuv sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni ilgari surish uchun imkoniyatlar mavjudligi alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston tomonidan prefekturaning sherigi etib Toshkent viloyati belgilandi.

O‘zaro tashriflarni tashkil etish va Aichidan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.

 

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net