POLSHA TASHQI ISHLAR VAZIRINING O?RINBOSARI BILAN UCHRASHUV TO?G?RISIDA

04.02.2019 16:04

2019-yilning 1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Varshava shahrida bo‘lgan Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bartosh Chixotskiy bilan uchrashdi.

Ikki tomonlama hamda O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi shaklidagi O‘zbekiston-Polsha sherikligi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 Polsha diplomatining ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlanishi uning mamlakatida yuksak baholanmoqda. Afg‘onistonga nisbatan konstruktiv siyosat qo‘llab quvvatlandi.

 Siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, transport-kommunikatsiya va boshqa masalalarni hal qilishdan tomonlar manfaatdorligini tasdiqlandi.

 Polsha tomoni O‘zbekistondan ishchi kuchini Polsha mehnat bozoriga jalb qilish bo‘yicha ikki mamlakatning tegishli idoralari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarni davom ettirishga ijobiy munosabat bildirdi.

 Turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, polshaliklar Sharqiy Yevropada eng faol sayohatchilar bo‘lib, O‘zbekiston mintaqadagi eng yirik turistik salohiyatiga egadir. Shu munosabat bilan Polsha turistik kompaniyalari va ishbilarmon doiralari O‘zbekiston tomonining nafaqat turistlar sonini oshirish, balki respublikada turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish takliflarini faol ko‘rib chiqmoqdalar.

 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Varshava shahrida Polsha xalqaro aloqalar instituti Sharqiy dasturining rahbari Anna Diner bilan ham uchrashdi.

 Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, O‘zbekiston va Polshaning tahliliy tuzilmalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net