PEKINDAGI MARKAZIY MILLATLAR UNIVERSITETIDA O?ZBEKISTONLIK TALABALAR BILAN SAYLOVOLDI UCHRASHUVI TASHKIL ETILDI

14.12.2019 11:58

PEKIN, 14 dekabr'. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovga nafaqat respublikamizda, balki xorijiy mamlakatlarda tuzilgan saylov uchastkalarida ham qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.

 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan Pekin shahrida tashkil etilgan 37-saylov uchastkasi ovoz berish uchun shay holatga keltirilgan.

 

Xorijda istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining saylovga oid konstitusiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish maqsadida saylov uchastkasi faoliyati saylov qonunchiligi talablariga binoan tashkil etilgan.

 

Xitoyda saylov uchastkasi a'zolari va vatandoshlarimiz ishtirokida o‘tkazilayotgan turli tadbirlar chog‘ida saylov huquqi, saylov uchastkasida o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqidagi batafsil ma'lumotlar tadbir ishtirokchilari e'tiboriga havola qilinmoqda.

 

Ana shunday “davra suhbat”laridan biri Pekindagi Markaziy millatlar universitetida bo‘lib o‘tdi.

 

Saylov uchastkasi komissiyasi tomonidan demokratik huquqiy davlatda saylovlarni ochiq-oshkora tashkil etish, mamlakat fuqarolarining saylovga oid konstitusiyaviy huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, har bir saylovchiga xorijiy davlatda istiqomat qilayotgan bo‘lishiga qaramasdan saylovda faol ishtirok etish va o‘zi munosib deb topgan nomzodga ixtiyoriy, yashirin ovoz berish huquqini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.

 

“Davra suhbati”da elchixona tomonidan tuzilgan konsullik okrugiga kiradigan hududlardagi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan, ovoz berish huquqiga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Xitoy poytaxtida tashkil etilgan mazkur saylov uchastkasida (Pekin shahar, Lyan Masyao (Liang Maqiao) ko‘chasi, 41-uy, 100600, tel.:+8610 65326305, faks +8610 65326304) o‘z konstitusiyaviy huquqidan foydalanishi, erkin ovoz berishi uchun yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etildi.

 

Mazkur oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar oldinda turgan muhim siyosiy voqea umume'tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida o‘tkazilishi ko‘p jihatdan yoshlarning siyosiy madaniyati va faolligiga, fuqarolik burchini chuqur anglashiga bog‘liq ekanini ta'kidladi. Ular saylov kuni o‘zlarining konstitusiyaviy huquqidan foydalangan holda o‘zlari munosib deb bilgan nomzodni yoqlab ovoz berishini bildirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net