PEKINDA O’ZBEKISTONLIK YOSH SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

17.12.2019 18:10

PEKIN, 17 dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 37-saylov uchastkasi tomonidan Pekin grafik aloqalar universitetida tahsil olayotgan o’zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.

 

Tadbirda respublikamiz saylov qonunchiligidagi yangiliklar, ovoz berish manzili, kuni va vaqtiga oid ma'lumotlar hamda saylov mavzusiga oid boshqa axborot taqdim etildi, yoshlar faol fuqaro sifatida o’zlarini namoyon qilishga chaqirildi. Saylovga ayyorgarlik jarayoni mutlaqo yangi tartib-tamoyillar asosida o’tayotgani, bu esa mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan yangi Saylov kodeksida o’z ifodasini topgan demokratik me'yorlar, ochiqlik va shaffoflik mezonlari bilan izohlanishi alohida ta'kidlandi.

 

Savol-javoblarga boy bo’lgan mazkur “davra suhbati”da o’zbekistonlik yoshlarning faolligi yaqqol sezilib turdi. Ular bo’lajak saylov yuzasidan o’zlarining fikr-mulohazalarini erkin bayon etdi. Bu, shubhasiz, mamlakatimiz yoshlarining dunyoqarashi yurtimizda amalga oshirilayotgan ezgu islohotlar ravnaqiga monand ravishda o’zgarayotgani, ularning qalblarida yurtimizda kechayotgan ijobiy o’zgarishlarga nisbatan daxldorlik hissi ortganidan dalolat beradi.

 

- Oliy o’quv yurtimizda 40 ga yaqin o’zbekistonlik talaba tahsil olmoqda, - dedi universitetning 2-kurs talabasi Abdulvohid Yoqubov. - Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 37-saylov uchastkasi komissiyasi a'zoligiga jalb etilganimdan mamnunman. Bu ham joriy yilgi saylov yuqori saviyada, yangi Saylov kodeksi asosida tashkil etilayotganini, “Yangi O’zbekiston - yangi saylovlar” shiorining zamirida esa chuqur ma'no mavjudligini tasdiqlaydi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net