Parlamentlar ayol rahbarlarining Toshkent sammiti davom etmoqda

09.09.2022 18:12

Toshkentda Parlamentlararo Ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti bugun o‘z ishini davom ettirmoqda.

Cammitning ikkinchi ish kuni “Barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgan gender masalalariga yo‘naltirilgan parlamentlar” mavzusini muhokama qilishdan boshlandi. 
 
Majlisni Parlamentlararo Ittifoq bosh kotibi Martin Chungong kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida sammit yuqori saviyada tashkil etilganini alohida e’tirof etdi. Bunday tadbirlar orqali ayollar muammolarini hal etish bilan birga ularni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlashga e’tibor kuchayadi. Aytmoqchimanki, dunyo aslida bu masalada ko‘p vaqt yo‘qotgan. Ertaroq bu yo‘nalishda ishlaganimizda ishsizlikdan qiynalayotgan yoki boshqa muammolarga duchor bo‘layotgan ayollar keskin kamayar edi. 
 
M.Chungong nutqi davomida Qirolicha Yelizateva II ni esga olib, u yuksak martabali ayol bo‘libgina qolmay, dunyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lganini alohida ta’kidladi. Notiq taklifi bilan anjuman ishtirokchilari kuni kecha vafot etgan Qirolicha xotirasiga hurmat bajo keltirib, bir daqiqa sukut saqladi. 


 
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva o‘z so‘zida O‘zbekistonda ham gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilanganini ta’kidladi. Bu boradagi ishlar “Hech bir ayol davlat va jamiyat e’tiboridan chetda qolmaydi” degan qat’iy tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida olib borilayotganini qayd etdi. 
 
Inqirozlarni hal qilishda gender tenglikni ta’minlashga yo‘naltirilgan parlament ayniqsa muhimdir. Parlamentlar tomonidan pandemiyaga moslashgan holda erkaklar va ayollar tengligi bo‘yicha qabul qilingan so‘nggi chora-tadbirlar ham bundan dalolat beradi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, muhokama shaklida tashkil etilgan segment majlisida to‘rtta asosiy mavzu yuzasidan fikr almashilmoqda. 


Norgul Abduraimova, Nosir Haydarov(foto), O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net