PARLAMENT SAYLOVLARI BO?YICHA OVOZ BERISH NYU-YORK SHAHRIDA MUVAFFAQIYATLI O?TDI

23.12.2019 14:16

NYU-YORK, 23 dekabr. /“DUNYO” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 150-son Shayxontoxur saylov okrugiga biriktirilgan Nyu-York shahridagi 33-sonli uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylovlar normativ-huquqiy xujjatlarga asosan muvaffaqiyatli tashkillashtirildi, deya xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ma’lumki, AQShning ba’zi hududlarida vatandoshlarimiz kompakt istiqomat qiladilar va mazkur mitnaqalarning aksari Nyu-York shahridan olis bo‘lgan shtatlarda joylashgan.

 

Yangi saylov kodeksining tegishli bandlariga rioya qilgan holda hamda fuqarolarimizga o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalanishlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish uchun quyidagi shaharlarda ko‘chma saylov uchastkalari tashkillashtirildi:

 

13 dekabr kuni Chikago shahrida (Illinoys shtati);

 

14 dekabr kuni San-Fransisko shahrida (Kaliforniya shtati);

 

14 dekabr kuni Bruklin tumani (Nyu-York shtati);

 

15 dekabr kuni Sietl shahrida (Vashington shtati);

 

15 dekabr kuni Filadelfiya shahrida (Pensilvaniya shtati);

 

12-18 dekabr kunlari Nyu-York shahrida.

 

Shuningdek, 22 dekabr kuni 33-sonli uchastka saylov komissiyasi binosida saylovlar tongi soat 8-00da O‘zbekiston Respublikasi gimni ijrosi ohangida ochildi va AQSh hududida turli sabablar bilan yashayotgan va mehmon bo‘lib turgan vatandoshlar chorlandi.

 

Joriy saylov jarayonlarini yoritgan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari va bloggerlarning alohida ta’kidlashicha, bu yilgi saylovlarning ko‘tarinki ruxi hamda vatandoshlarning o‘zgacha iliq ishonchi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

 

Tashkillashtirilgan saylov jarayonlarida qonunchilikning barcha talablari bajarildi va e’tirozlar kuzatilmadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net