Parijda O?zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo?lib o?tdi

22.11.2022 10:38

“Dunyo” AA/. Bugun Parijdagi anʼanaviy ravishda rasmiy tadbirlar o‘tkaziladigan Faxriylar uyida rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Fransiya gvardiyasi harbiy xizmatchilari saf tortdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi. Gvardiyachilar davlatimiz rahbari oldidan tantanali yurib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo‘yicha vaziri Olivye Besht faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Marosimdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya Prezidentining qarorgohi – Yelisey saroyiga yo‘l oldi. U yerda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net