O'ZLIDEP PARTIYASINING MAJLISI BO?LIB O?TDI

18.01.2020 15:09

TOShKENT, 18 yanvar. /“Dunyo” AA./ Joriy yilning 18 yanvar kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Majlisda partiyaning faollari, parlament Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlari, nodavlat-notijorat tashkilotlari Milliy assosiasiyasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, partiyaning hududiy kengashlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Yig‘ilishni partiya siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi A.Xaitov olib bordi.

Mamlakatmizda o‘tkazilgan parlament saylovlarida partiya muvaffaqiyatli ishtirok etgani va Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 53 nafar deputatlik o‘rnini egallagani ta'kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi parlament saylovlari tarixida to‘rtinchi bor eng yirik fraksiyani tashkil etgani e'tirof etildi. 

Tadbirda Bosh qomusimizning 98-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rsatish masalasi siyosiy kengash a'zolari tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Partiya a'zolari tomonidan Bosh vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi ilgari surildi.

Shu o'rinda eslatib o'tish lozimki, Bosh qomusimizga ko‘ra, Bosh vazir nomzodi Oliy Majlisning quyi palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net