O’ZBEKISTONNING PEKINDAGI ELCHIXONASI HUZURIDAGI SAYLOV UCHASTKASIDA YURTIMIZ KELAJAGI UCHUN OVOZ BERILMOQDA

22.12.2019 13:58

PEKIN, 22 dekabr. /“Dunyo” AA/. O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan, Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti - Pekin shahrida tashkil etilgan Toshkent shahridagi 147-Astrobod saylov okrugiga qarashli 37-saylov uchastkasida 22 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 08.00 dan e'tiboran O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida ovoz berish jarayoni boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Shuhrat Umirov.

 

Ertalabdanoq saylovda ovoz berish uchun Pekin shahrida tashkil etilgan mazkur saylov uchastkasiga Xitoy hududida vaqtincha va doimiy yashayotgan, ovoz berish huquqiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari kela boshladi. Ular o’zlari munosib topgan nomzodlarga erkin va yashirin sharoitda o’z ovozini bermoqda.

 

Ushbu muhim siyosiy voqyeaga qadar saylov uchastkasi komissiyasi tomonidan demokratik huquqiy davlatda saylovlarni ochiq-oshkora tashkil etish, mamlakat fuqarolarining saylovga oid konstitutsiyaviy huquqlarini to’liq amalga oshirish, har bir saylovchiga xorijiy davlatda istiqomat qilayotgan bo’lsa-da, saylovlarda faol ishtirok etish va o’zi munosib deb topgan nomzodga ixtiyoriy, yashirin ovoz berish huquqini ta'minlash yuzasidan izchil ishlar amalga oshirildi.

 

Mamlakatimizning Pekindagi elchixonasida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar davom etmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net