O’ZBEKISTONDA SOAT 12.00 DA PARLAMENT SAYLOVIDA SAYLOVCHILARNING 42 FOIZIDAN KO’PI QATNASHIB BO’LDI - X. MAMATOV

22.12.2019 14:00

TOSHKENT, 22 dekabr. /"Dunyo" AA/. Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida bo’lib o’tgan brifingda O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Mamatov jurnalistlarga saylov jarayonining ketishi haqida axborot berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ta'kidlandiki, ertalab soat 08.00 da mamlakatimizdagi barcha saylov uchastkalari va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar qoshidagi saylov uchastkalarining bir qismi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga saylovda ovoz beruvchilar uchun o’z eshiklarini ochdi.

 

Ta'kidlandiki, saylovlar Saylov kodeksi, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro standartlarga muvofiq ravishda o’tkazilmoqda.

 

Markaziy saylov komissiyasi vakilining so’zlariga ko’ra, soat 12.00ga qadar saylovda 7 million 970 mingdan ortiq saylovchi ovoz berib bo’lgan va bu saylovchilarning 42,4 foizini tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 96-moddasiga muvofiq, agar saylovchilarning 33 foizi ishtirok etgan bo’lsa, saylov haqiqiy, deb hisoblanadi.

 

Ovoz berish davom yetmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net