O?zbekistonda ichki ishlar organlari faoliyati aholi bilan yana-da yaqinroq hamkorlik qilishga yo?naltiriladi

23.01.2023 09:53

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining  «Ichki ishlar organlarini xalq kasbiy tuzilmasiga aylantirish va ularning faoliyatini aholi bilan yana-da yaqinroq hamkorlik qilishga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbarining mazkur qaroriga muvofiq, «Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyati va xizmat intizomi to‘g‘risida»gi kodeksi tasdiqlandi.

Hujjat bilan, shuningdek,  Ichki ishlar vazirligining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Qarorda qayd etilishicha, «2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi»ga muvofiq, ichki ishlar organlarini aholining ishonchli himoyachisi sifatidagi kasbiy xalq tuzilmasiga aylantirish va qonun ustuvorligi, tinchlik va osoyishtalikni yana-da mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi tashkil etilib, u ichki ishlar boshqarmasiga xizmatga nomzodlarni tanlash, tizimning shaffofligini taʼminlash, shaxsiy tarkib bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini raqamlashtirish bilan shug‘ullanadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net