O?ZBEKISTONDA DEMOKRATIK SAYLOVLAR BO?LIB O?TDI - M.ABDUSALOMOV

22.12.2019 14:15

TOSHKENT, 22 dekabr. /"Dunyo" AA/. Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov so‘zga chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

U O‘zbekiston va qator xorijiy mamlakatlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda ovoz berish jarayoni yakunlanganini e’lon qildi.

 

Ovoz berishning dastlabki natijalariga ko‘ra, ro‘yxatga olingan 18 million 797 ming 810 saylovchining 13 million 355 ming 911 nafari saylovda qatnashgan. Bundan tashqari, chet elda bo‘lib turgan 89 ming yurtdoshimiz muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Saylovda saylovchilarning 71,1 foizi qatnashgan. Bu ko‘rsatkich amaldagi qonunchilikka binoan (Saylov kodeksining 96-moddasi) O‘zbekistonda parlament saylovlari haqiqiy va bo‘lib o‘tgan, deb e’lon qilinishiga asos bo‘ladi.

 

Ayni paytda ovoz berish jarayoni Yevropa mamlakatlari va AQShda davom etmoqda. Ushbu davlatlarda ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.

 

Markaziy saylov komissiyasi rahbari ta’kidlaganidek, muvaffaqiyatli saylovlar o‘zbek xalqining muhim tarixiy yutug‘i, uning ijtimoiy-huquqiy ongi va madaniyati, siyosiy faolligi oshgani, ijtimoiy va siyosiy hamjihatlikning yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

 

Saylov natijalari davlatimiz rahbariyati amalga oshirayotgan ichki va tashqi siyosat, tub demokratik islohotlar ko‘p millatli o‘zbek xalqi tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlanayotganining amaliy ifodasi bo‘ldi.

 

Markaziy saylov komissiyasi raisi O‘zbekiston xalqini parlament saylovi muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovchilar, xalqaro kuzatuvchilar va jurnalistlar saylovning milliy saylov qonunchiligiga mos tarzda ochiqlik, oshkoralik va demokratiya tamoyillariga mos tarzda o‘tganini tan olmoqda.

 

Bu natijaga 10 ta nufuzli xalqaro tashkilot va dunyoning 50 ga yaqin davlatidan kelgan 825 nafar xalqaro kuzatuvchi, siyosiy partiyalarning 70 ming kuzatuvchisi, shuningdek, saylov jarayonini yoritib borayotgan 1 115 nafar mahalliy va xorijiy jurnalist ishtirokida erishildi.

 

M.Abdusalomov ovozlarni sanash jarayoni davom etayotganini ma’lum qildi. Parlament saylovining dastlabki natijalari 23 dekabr kuni e’lon qilinadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net