O?zbekistonda ayrim sud ishlarini yuritish maʼmuriy organlarga o?tkazilmoqda

18.01.2023 09:59

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining «Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni  qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatga muvofiq, Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023 yil 1 sentyabrgacha «Sudlarda prokuror ishtiroki» axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024 yildan amaliyotga to‘liq joriy etiladi.

Shuningdek, ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlarni ko‘rish vakolati maʼmuriy organlarga o‘tkaziladi. Ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilanadi.

  Bundan tashqari, ayrim  yo‘nalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni ko‘paytiriladi.

Davlatimiz rahbari farmonida Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida o‘tirishi qayd etilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net