O?ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLARGA POKISTONDA QIZIQISH KATTA – TOHIR FARUQ

22.12.2019 14:12

TOSHKENT, 22 dekabr. /”Dunyo” AA/. Pokistonning “Ittehad” gazetasi muharriri Tahir Farooq mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan parlament saylovi haqida turkum materiallar tayyorlamoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

“O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoniga Pokistonda qiziqish juda ham katta, - deydi pokistonlik jurnalist. – Mamlakatda so‘nggi yillarda hayotga tadbiq etilayotgan izchil yangilanish jarayoni ommaviy axborot vositalari diqqat e’tiborida bo‘lmoqda. Bu esa pokistonliklarning O‘zbekiston haqidagi axboroti va tushunchalarini boyitmoqda”.

 

Jurnalistning ta’kidlashicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov jarayonini kuzatar ekan, saylov qonunchiligi va amaliyotida tizimli o‘zgarishlar yuz berganini ko‘rdi.

 

“Men O‘zbekistonda uchinchi bor saylov jarayonini yoritayapman, - deb fikrini davom ettirdi u. – Navbatdagi saylovlar fuqarolarning saylovda qatnashish huquqidan to‘laqonli foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar, deputatlikka nomzodlar safida xotin-qizlarning ko‘paygani, xalqaro kuzatuvchilar va chet ellik jurnalistlar faoliyati uchun barcha qulayliklar taqdim etilgani, turli partiyalar vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qizg‘in va mazmunli debatlar bilan farq qilmoqda”.

 

“Bu yangilanish jarayoni O‘zbekiston taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonchim komil”, deb ta’kidladi “Ittehad” gazetasi muharriri.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net